Madridning "Real" klubi rahbariyati yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnoma shartlarini qayta ko'rib chiqadi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaning aniqlik kiritishicha, bunga Frantsiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening "Santyago Bernabeu"ga yaqin orada ko'chib o'tishi sabab bo'lmoqda.
25 yoshli forvard joriy mavsum oxirida "Qirollik klubi"ga o'tishi kerak. 20 yoshli Bellingem o'tgan yozda Madrid grandi futbolchisiga aylandi. "Real" uning uchun "Borussiya"ga 103 million evro to'lagan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.