Joriy mavsum oxirida "Real"ni tark etishi mumkin bo'lgan 38 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
Cadena Ser xabariga ko'ra, xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi yana kamida ikki yil o'ynashni rejalashtirmoqda. Modrich AQSh, Kanada va Meksika futbol maydonlarida bo'lib o'tadigan JCh-2026da ishtirok etishni rejalashtirgan.
Luka 2012 yildan beri "qirollik" klubini nomini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma yozda yakuniga etadi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Modrich 20 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi bitta gol urgan va to'rtta golli uzatmaga ega.