"Manchester Yunayted" transfer bozorini buzishga tayyorlanmoqda.
Le10Sport nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati "Real Madrid" safida o'ynayotgan Vinisius Juniorga e'tibor qaratishmoqda.
"Mankunianliklar" janubiy amerikalik futbolchini sotib olish va uni Angliya Premer-ligasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirish uchun 200 million evro ajratishga tayyor.
"Manchester Yunayted" Vinisius Kilian Mbappe bilan ziddiyatga borishini kutmoqda, shu sababli Junior "Real"ni tark etishi mumkin.
La Liganing joriy mavsumida hujumchi 16 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.