La Liga rahbariyati Vinisiusga nisbatan irqchi ishoralar qilgan "Rayo Valekano" muxlisini sudga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Relevo nashri.
Ispaniya chempionatining yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Rayo Valekano" – "Real" (1:1) o'yinida mezbonlar muxlislaridan biri Vinisius maydon chetiga yaqinlashganda, imo-ishora yordamida maymunga taqlid qila boshladi.
Epizod Movistar+ tomonidan suratga olingan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Vinisius irqchilarni qamoqqa tashlash vaqti kelganini aytgan edi.