"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Ispaniya La Ligasida 16 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'lib turgan yarim himoyachi Jud Bellingemning gol nishonlash marosimiga izoh berdi.
“Bellingem gol urib, qo'llarini yuqoriga uzatsa, bu uning xarakterini ko'rsatadi. Men buni takabburlik deb aytmagan bo'lar edim. U shunchaki muxlislarga aytmoqchi: "Men buni yana qildim", - deb Mourino so'zlarini keltirmoqda FIVE UK.
Bellingem "Real Madrid" safida debyut mavsumini o'tkazmoqda. Yozda qirollik klubi yosh angliyalik futbolchining Dortmundning "Borussiya" klubidan transferini amalga oshirish uchun 103 million evro ajratgandi.