«Real» hujumchisi Vinisius Junior 6 yildan beri La ligada to'p tepib kelmoqda. Bu davr mobaynida Ispaniyadagi barcha sovrinlar, Chempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi JCh va UEFA superkubogini qo'lga kiritdi. Vini «Real» safida 248 ta o'yinda ishtirok etib, 71 gol va 71 uzatma muallifi bo'ldi.
Shunisi qiziqki, braziliyalik futbolchining maoshi u qadar yuqori emasdi. Azar haftasiga 600 ming evro olgan paytda, Juniorning yillik maoshi 3,2 mln evroga teng edi.
Vinisius 2023 yilning oktyabr oyida klub bilan shartnomani uzaytirib, maoshini oshirib oldi. Endi u yiliga 10 mln evro atrofida maosh olmoqda. Hujumchi bu borada klubda to'rtinchi pog'onani band etgan. Toni Kroos (11,7 mln evro), David Alaba (10,8 mln evro) va Luka Modrich (10,5 mln evro) "Madrid"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi.
Vinisiusning hozirgi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.