"Atletiko Madrid" hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar Ligasi finalidan oldin o'z tahminlarini bildirib o'tdi.
"Chempionlar Ligasini "Yuventus", "Oltin to'p"ni esa Jidji Buffon oladi. U bunga munosib." - deya Goal nashri Antuan so'zidan parcha keltiradi.
Shuningdek, fransuz yarimfinalda yutqazish finalda yutqazishdan ko'ra yengilroq ekanligini ham ta'kidlab o'tdi: "Finalda yutqazish og'ir, yarimfinalga qaraganda. Sen sovrin uchun yaqin kelib, finalda yutqazsang, bundan og'iri yo'q." - deydi futbolchi.