"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar o'tgan yozda Dortmundning "Borussiya"sidan 103 million evro evaziga "Santyago Bernabeu"ga o'tgan yarim himoyachi Jud Bellingemning saviyasini baholadi.
“Jud Bellingem? Voy, bu aqlbovar qilmaydigan o'yinchi. Men u bilan gaplashish imkoniga ega bo'ldim va u yaxshi yigit. Men Judni 18-19 yoshida "Borussiya Dortmund"da kuzatganman. O'shanda ham u o'zgacha edi”, dedi Azar.
Bellingem 16 ta gol bilan Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Futbolchi jarohati sabab keyingi bir necha haftani o'tkazib yuboradi.