"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Toni Kroos bilan mojaro bor yoki yo'qligini tan oldi.
“Kroos bilan munosabatlarim keskin emas. Kecha bolasini olib uyimga keldi. Menda hech qanday muammo yo'q. Odamlar o'zlari xohlagancha fikr yuritishi mumkin”, dedi Azar.
Oktyabr oyida Eden 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. O'tgan yozda futbolchi "Real"ni erkin agent sifatida tark etgandi.