Londonning "Chelsi" klubining sobiq futbolchisi Eden Azar "pensionerlar" uchun qaysi davr o'zi uchun eng samarali bo'lganini aytdi. Eslatib o'tamiz, bir necha oy oldin belgiyalik futbolchi 32 yoshida faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan edi.
“Eng yaxshi yillarimni “Chelsi”da Antonio Konte qo'l ostida o'tkazdim. Men butun hafta davomida yaxshi mashg'ulot o'tkazmas edim, lekin dam olish kunlari natijaga erishishim kerakligini bilardim", dedi Azar.
Konte boshchiligida Azar ikkita sovrin Angliya Premer-ligasi va Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. 2016/17 yilgi chempionat mavsumida belgiyalik milliy chempionatda 16 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.