Madridning “Real” klubi “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganlik uchun bonusni kamaytirish borasida kelishib oldi. Bu haqda Marca gazetasi sahifalarida xabar berildi.
Manbaning xabar berishicha, tomonlar 2022 yilda kelishib olgan 130 million evro miqdoridagi bonusni qisqartiradi. Qayd etilishicha, "Los-Blankos"ning 25 yoshli frantsuz uchun yillik xarajatlari 50 milliondan oshmaydi.
Kilianning qirollik klubidagi maoshi 15-20 million evroni tashkil qiladi. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasining muddati besh yilga mo'ljallangan. Mbappe yozda "Real"ga erkin agent sifatida o'tadi.