"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik uchun "Santyago Bernabeu"dagi faoliyatida nimani o'zgartirish mumkinligin aytdi.
2019 yilning yozida belgiyalik qirollik klubiga Londonning "Chelsi"sidan 115 million evro evaziga o'tgan edi.
“Pandemiya boshlanganda, men jarrohlik amaliyotini o'tkazgan Dallasdan endigina qaytgan edim. Karantin paytida men butunlay yolg'iz edim va o'zimni reabilitatsiya qildim. Maydonga qaytganimda to'pig'im hech qachon avvalgiday bo'lmagan. Balki biror narsani o'zgartira olsam, rahbariyatga qo'ng'iroq qilib, professional fizioterapevt yuborishlarini so'ragan bo'lardim”, dedi Azar.