Yakshanba kuni "Real" La Liga doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi safar o'yinida durangga erishdi – 1:1.
Himoyachi Dani Karvaxal qisqa vaqt ichida ikkita sariq kartochka olganidan keyin "Los Blankos" o'yinni o'n kishi bilan yakunladi. Endi u Ispaniya chempionatining navbatdagi "Sevilya"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Yarim himoyachi Eduardo Kamavinga ham "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi - "Rayo"ga qarshi o'yinda u mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi. Natijada frantsuz diskvalifikatsiyaga uchradi.
Ispaniya chempionati doirasidagi "Real" – "Sevilya" uchrashuvi 25 fevral, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.