Madridning "Real" klubi "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda yana ochko yo'qotdi.
La Liganing 25-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Real" safarda "Rayo Valekano" bilan durang o'ynadi (1:1).
"Los-Blankos" hujumchisi Xoselu 3-daqiqada hisobni ochdi. Raul de Tomas 27-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 4 o'yinda "Real" 1 g'alaba qozongan, 2 durang o'ynagan va 1 mag'lubiyatga uchragan.
Karlo Anchelotti jamoasi La Ligada 62 ochko bilan 1-o'rinni egallab, 2-o'rindagi "Jirona"dan 6 ochko oldinda bormoqda. Kataloniyaliklarning qo'lida o'yin bor.