Yarim himoyachi Luka Modrich "Real"dagi hozirgi holatidan mamnun emas.
Relevo nashrining yozishicha, yarim himoyachi joriy mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi. Tajribali xorvatiyalik futbolchi yosh Bellingem, Tchuameni va Kamavinga bilan raqobatni boy berib, zaxira o'rindig'ida qolmoqda.
Shu sababli 38 yoshli xorvatiyalik futbolchi "Qirollik klubi" bilan shartnomasini keyingi mavsum uchun uzaytirmoqchi emas. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Ispaniya La Ligasining joriy mavsumda Modrich 19 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.