Madridning "Real" klubi turkiyalik iqtidorli yarim himoyachi Arda Gyuler ko'proq o'yin amaliyoti olishi kerak deb hisoblamoqda.
Relevo nashri xabariga ko'ra, shu sababdan "qirollik klubi" rahbariyati 18 yoshli futbolchini kelasi yozda ijaraga berib yuboradi.
Bu mavsumda Gyuler "Real" uchun 4 ta o'yinda 89 daqiqani maydonda o'tkazdi. U o'tgan yozda 20 million evroga "Fenerbaxche"dan sotib olingandi.