Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Nemis jurnalisti Florian Plettenberg bergan ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda 38 yoshli xorvatiyalik yangi kelishuvdan ko'ra ketishga yaqinroq. Biroq, mavsum oxirigacha ko'p narsa o'zgarishi mumkin. Rahbariyatning qarori hali yakuniy emas. Eslatib o'tamiz, Modrichning o'zi yana bir mavsum "qirollik klubi"da qolmoqchi. Rahbariyat mavsumning qolgan oylarida fikrini o'zgartirishi va futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. “Real”ning yana bir yarim himoyachisi, 34 yoshli Toni Kroosning ham amaldagi shartnomasi yakuniga etadi.