"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Pari Sen-Jermen" rahbariyatini qiziqtirib qolgan.
El Confidencial xabariga ko'ra, parijliklar 2018 yil yozida bosh murabbiy Unai Emerining javobini berib, uning o'rniga Zidanni tayinlamoqchi.
Avvalroq, PSJ rahbariyati Emerining oldiga qat'iy shart qo'yib, jamoa Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqsagina u bilan yangi shartnoma imzolashini bildirgan edi.
Biroq, Zidanning PSJ klubida ish boshlash ehtimoli juda past. Oldinroq, Zayniddin Marsel shahri atrofida tug'ilib o'sgani tufayli, hech qachon Parijda ishlamasligini aytgan edi.