"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe jamoa rahbariyatiga uning ketish haqidagi qarori yakuniy ekanini aytdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi ketish haqidagi fikridan qaytmaydi.
Mbappe shuningdek, "PSJ"ga rahbariyat uni yana bir bor ishontirishga harakat qilsa, shartnomani uzaytirish bo'yicha takliflarni ham ko'rib chiqmasligini aytdi. Mbappe kelasi yozda erkin agentga aylanadi, shundan so'ng u yangi jamoaga o'tadi.
Hozircha transfer favoriti frantsiyalik forvardni uzoq vaqtdan beri sotib olishga urinayotgan "Real Madrid". Joriy mavsumda Mbappe Frantsiya chempionatining 19 ta uchrashuvida 20 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.