«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe yozda jamoani tark etib, «Real» safiga qo'shilishi kutilmoqda.
Shu bois, parijliklar o'z etakchisidan ayrilganidan keyin qanday yo'l tutish kerakligi haqida o'ylashmoqda.
Kilian jamoani tark etishi natijasida «Pari Sen-Jermen» taxminan 200 mln evro miqdorida erkin mablag'ga ega bo'ldi. Klub bu pulni jahon darajasidagi yulduzga emas, jamoaviy o'yinni kuchaytiradigan o'yinchiga sarflashni rejalashtirmoqda.