"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte yaqinda professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan vinger Eden Azar bilan ishlash haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Azar – faoliyatim davomida murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchilardan biri. Katta iste'dodga ega bo'lsangiz, boshqalardan ko'ra ko'proq ishlashingiz kerak.
Bu to'g'ri yo'nalishda harakat qilish uchun juda muhim”, — dedi Konte The Telegraph nashriga bergan intervyusida.