So'nggi paytlarda Tomas Tuxel bosim ostida qoldi, chunki uning "Bavariya" jamoasi yomon o'yin ko'rsatmoqda. The Times xabariga ko'ra, Myunxen klubi bosh murabbiyni almashtirish haqida faol o'ylamoqda.
Qayd etilishicha, "Bavariya" yozda Xabi Alonsoni murabbiylik ko'prigiga taklif qilmoqchi, uning qo'l ostida "Bayer" hozir porlayapti. "Bavariya"ga Alonsoni qo'lga kiritish qiyin bo'ladi, chunki bu yosh mutaxassisga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, "Real Madrid" ham Alonsoni yaqin yillarda Karlo Anchelotti o'rnini bosadigan shaxs sifatida ko'rmoqda. Aytish joizki, Alonso futbolchilik faoliyati davomida “Liverpul”, “Real” va “Bavariya” klublarida to'p tepgan.
Oldinroq matbuotda Xabi Alonso kelasi mavsumni "Bayer"da o'tkazishga qaror qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.