"Real" qanot himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli lateralning xizmatlariga Birmingemning "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda.
“Sherlar” rahbariyati tajribali ispaniyalik futbolchiga taklif bilan chiqdi. "Aston Villa" Fernandes bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzolashga tayyor.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Nacho “qirollik” klubi safida 16 ta o'yin o'tkazdi. Himoyachi ikkita sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi. Futbolchining "Los-Blankos" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi.