Kanada terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Alfonso Devis faoliyatini qaerda davom ettirish borasida yakuniy qarorga keldi. "Marca" nashri xabariga ko'ra, lateral kelasi yozda "Real"ga o'tmoqchi.
Devisning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari 23 yoshli futbolchining bozor qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Alfonso "Bavariya" safida 27 ta o'yinda ishtirok etdi. Himoyachi bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.