Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa darvozaboni Tibo Kurtuaning jiddiy jarohatidan keyin tiklanish jarayoni haqida gapirdi.
“Kurtua? Hozircha hech narsa deya olmayman. Men uning tiklanish jadvalini bashorat qila olmayman, chunki Tibo jamoada boshqa rolga ega. Darvozabonlar uchun hammasi boshqacha”, - dedi nemis yarim himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik darvozabon o'tgan yilning avgust oyidan beri davolanmoqda.