Germaniyalik afsonaviy tennischi Boris Bekker “RB Leyptsig”ga qarshi EChL 1/8 final birinchi uchrashuvidan so'ng “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosning saviyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men futbolni yaxshi ko'raman. "Real Madrid" va "RB Lepzig" o'rtasidagi o'yinni tomosha qildim va Kroosning o'yinidan zavq oldim. Bu dunyodagi eng yaxshi nemis futbolchisi, ammo uni o'z vatanida bunday deb tan olishmaydi", - deyiladi Bekkerning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.