Angliyalik sobiq hujumchi Maykl Ouen "Real Madrid" hujumchisi Vinisius Juniorning darajasini baholadi.
Braziliyalik futbolchi bugun Chempionlar ligasi doirasida "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinda "Los Blancos"ning asosiy tarkibidan joy oldi.
23 yoshli hujumchi Chempionlar ligasidagi 50-o'yinini o'tkazdi - bu ko'rsatkichga erishgan eng yosh beshinchi futbolchiga aylandi.
Ouenning so'zlariga ko'ra, bugungi uchrashuvda aynan Vinisius asosiy rol o'ynagan:
"Men uni dunyoning eng yaxshilaridan biri deb bilaman. Vinisius - jahon futbolidagi barcha jamoalar eng ko'p havas qiladigan o'yinchidir.
U raqiblarida qo'rquv uyg'otadi, so'nggi yillarda esa u ancha yaxshilandi", - dedi Ouen.