Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin kecha Chempionlar ligasidagi “RB Leyptsig”ning bekor qilingan goli haqida gapirdi.
"Leyptsig"ning goli qoida tufayli bekor qilindi. Yonimda meni bezovta qilayotgan futbolchi bor edi. Menimcha, hakam to'g'ri qaror qildi", - deya Lunin so'zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
Andrey ayni damda Londonning "Chelsi" klubidan ijaraga olingan Kepa Arrizabalaga qarshi bahsda g'alaba qozonmoqda.