Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar ligasida sensatsiya qayd etgan jamoalar

Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi eng katta syurpriz “Kopengagen”ning unda ishtiroki bo'ldi. 

.
- Yuklab olish

Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi eng katta syurpriz “Kopengagen”ning unda ishtiroki bo'ldi. Albatta, hech kim Daniya klubi Evropaning eng yaxshi 16 klubi ro'yxatidan joy olishini kutmagandi. Kelgusi mavsumdan boshlab Chempionlar ligasida guruh bosqichi formati o'zgaradi, bu esa, "kichik" jamoalar uchun pley-off yo'lini qiyinlashtiradi. Bunday his-tuyg'ular kamroq bo'ladi. Keling, 21-asrda shunga o'xshash sensatsiya qayd etgan kichik jamoalarning qahramonliklarini eslaymiz.

"Lion", 2019/2020 yilgi mavsum

To'rt yil avval “Lion” 2000 yillarning birinchi yarmidagidek kuchli emas edi, o'shanda u Frantsiya chempionligini ketma-ket etti yil qo'lga kiritgandi. 2019/2020 yilgi mavsumda jamoa 1-liganing o'rta jamoasiga aylandi. Chempionlar ligasida esa “Lion” “RB Leyptsig”, “Benfika” va “Zenit” bilan guruhdan zo'rg'a chiqdi. Mavsum davomida Rudi Garsiya bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyingina “to'quvchilar” o'ziga kela boshladi.

“Lion” fevral oyida pley-offni o'z uyida “Yuventus” ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshlagan. Javob o'yini koronavirus pandemiyasi tufayli faqat avgust oyida bo'lib o'tdi: frantsuzlar 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va mehmondagi gol qoidasi evaziga keying bosqichga chiqdi. O'sha yili chorak final bitta o'yindan iborat edi: "Lion" "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, navbatdagi sensatsiyani yaratdi. Yarim finalda Garsiya shogirdlarini faqatgina “Bavariya” to'xtata oldi: nemislar yirik hisobda g'alaba qozonishdi – 3:0.

"Ayaks", 2018/2019 yilgi mavsum

Bundan bir yil avval “Ayaks” Chempionlar ligasida shu qadar baland ovozda shovshuv ko'tardiki, u haligacha unutilmagan. Niderlandiya futboli gigantlari muntazam ravishda Chempionlar Ligasida o'ynaydi, ammo 2019 yilda hech kim Amsterdam jamoasining yarim finalga chiqishini kutmagandi.

Hozirda "Manchester Yunayted"da qiynalayotgan Erik ten Xag "Bavariya", "Benfika" va AEK bilan guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. 1/8 finalda "Ayaks" oldingi uchta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan "Real Madrid" bilan to'qnash keldi. Dastlabki o'yinda o'z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan “Ayaks” javob uchrashuvida “Real”ni mag'lub etdi – 4:1.

Chorak finalda Ten Xag jamoasi Ronaldu endigina ko'chib o'tgan "Yuventus" bilan o'ynadi. Krishtianu har ikki uchrashuvda gol urdi, ammo bu turinliklarga yordam bermadi. Niderlandiyada o'yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan bo'lsa, Italiyada "Ayaks" 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

Boz ustiga, niderlandlar yarim finalda “Tottenxem”dan o'tib ketishga yaqin turgandi. Angliyada 1:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, o'z uyida birinchi bo'limdan keyin oldinda borishdi - 2:0. Ammo, aftidan, ular juda erta xursand bo'lishdi. Yakunda "shporlar" mo''jiza ko'rsatdi: Lukas Mouraning xet-triki ularga g'alaba keltirdi - 3:2.

APOEL, 2011/2012 yilgi mavsum

21 asrdagi Chempionlar Ligasidagi eng katta sensatsiya. Kipr jamoalariga doim past nazar bilan qarashgan, APOEL esa “Zenit”, “Portu” va “Shaxtyor” bilan kvartetda autsayderdek ko'rinardi. Serbiyalik murabbiy Ivan Yovanovich jamoasi esa guruhda g'alaba qozondi! Olti turda ular so'nggi o'yinda faqat bitta mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.

APOEL mo''jizalari pley-offda ham davom etdi. 1/8 finalda kiprliklar “Lion” bilan to'qnash kelishdi. Mehmonda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, o'z uyida shu hisobda g'alaba qozonishdi. Hammasini penaltilar seriyasi hal qildi, bunda Yovanovich jamoasi aniqroq edi. Va faqat chorak finalda hech kimdan qo'rqmagan bu “telbalar”ni buyuk “Real Madrid” to'xtatdi. Bu erda imkoniyat yo'q edi - uyda 0:3 va mehmonda 2:5 hisobidagi mag'lubiyatlar.

PSV, 2004/2005 mavsum

2004/2005 yilgi mavsumda Evropani Gus Xiddinkning PSV jamoasini hayratga solgandi. O'shanda Niderlandiya chempioni bo'lmagan jamoa Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib borgandi. Guruh bosqichida Eyndxoven jamoasi "Arsenal", "Panatinaikos" va "Rusenborg" bilan kvartetda ikkinchi o'rinni egalladi. 1/8 finalda qur'a ularni “Monako” bilan birlashtirdi. PSV ikkala o'yinda ham g'alaba qozondi - o'z maydonida 1:0 va safarda 2:0.

Chorak finalda Xiddink shogirdlari Frantsiya chempionatining yana bir klubi “Lion”ni qabul qildi. "To'quvchilar" ga qarshi kurash qiyinroq bo'ldi. Har ikki o'yin ham 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa-da, penaltilar seriyasidagi g'alaba evaziga PSV yanada oldinga chiqib oldi. Yarim finalda niderlandlar “Milan”ga qarshi maydonga tushdi. "San-Siro"da mag'lubiyat kuzatildi - 0:2. Eyndxovenda esa ular "Liverpul" keyinchalik finalda uddalagan mo''jizani deyarli yaratdilar. Xiddink shogirdlari ikkita gol urdi, ammo baribir g'alaba qozona olmadi. Qo'shib berilgan vaqtda milanliklar hal qiluvchi zarbani berishdi. PSV javob qaytardi, ammo bu etarli emas edi: italiyaliklar mehmondagi gol qoidasi evaziga g'alaba qozonishdi. Bunday o'yindan so'ng, PSVning 2006/2007 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishi endi ajablanarli emas edi.

"Portu", 2003/2004 yilgi mavsum

20 yil muqaddam biz Mourinoning karerasi ko'tarilganiga guvoh bo'ldik. O'shanda Joze hali mashhur emas edi, lekin u 2002/2003 yilgi mavsumda "Portu" bilan UEFA kubogini yutib, Evropani hayratda qoldirgan edi. Vaholanki, portugaliyalik Chempionlar ligasini nishonga oladi, deb hech kim o'ylamagan edi.

Guruh bosqichida "Portu" "Real", "Marsel" va "Partizan" bilan kvartetda ikkinchi o'rinni egalladi. 1/8 finalda “ajdarlar” “Manchester Yunayted” bilan to'qnash kelishdi. “Portu”da mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, “Old Trafford”da kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Chorak finalda Mourino shogirdlari “Lion” bilan o'ynadi. Portugaliyaliklar o'z maydonida frantsuzlarni mag'lub etishdi – 2:0, javob uchrashuvida esa 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Yarim finalda “Portu”ning raqibi “Deportivo” bo'ldi. Qarama-qarshilik natijasini Ispaniyadagi ikkinchi uchrashuvda kiritilgan yagona gol hal qildi. 60-daqiqada Derley penaltini golga aylantirdi. Finalda esa Mourino shogirdlari Dide Desham boshqaruvidagi “Monako”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:0. Shu tariqa Mourino top-murabbiyga aylandi.

"Galatasaroy", 2000/2001 yilgi mavsum

2001 yilda “Galatasaroy” Turkiya chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar etib bordi. Guruhda “Shturm”, “Reynjers” va “Monako” bilan kvartetda ikkinchi o'rinni egalladi. Keyingi bosqichda ular "Deportivo", "Milan" va "PSJ" bilan to'rtlikda ikkinchi o'rinni egalladi. Chorak finaldagi qur'a natijasiga ko'ra "Galatasaroy" "Real"ga qarshi maydonga tushdi.

Istanbuldagi birinchi o'yin natijasi barchani hayratda qoldirdi. Turklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Lekin Madridda “Real” “Galatasaroy”ni o'z o'rniga qo'ydi. Raulning dubli va Ivan Xelgueraning goli “Los Blankos”ga yirik hisobdagi g'alabani keltirdi – 3:0.

BestMaster
14 Fevral 2024, 13:00
chempionlar, ligasida, sensatsiya, qayd, etgan, jamoalar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads