"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Braim Dias haqidagi savolga javob berdi.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o'yinining 48-daqiqasida raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, “Los-Blankos”ga “RB Leyptsig” ustidan g'alaba keltirdi (1:0). Uchrashuv yakunida Dias jarohati tufayli almashtirilishiga majbur bo'ldi.
"Ko'ryapmanki, Braim "Milan"dagi ijarasidan keyin ancha kuchaygan. U maydonda paydo bo'lganda bizga yordam beradi. Bugun u ajoyib gol urdi va biz uning o'yiniga qoyil qolishimiz kerak.
Jarohat? Bu mushak muammosi deb o'ylamayman - u shunchaki zarba oldi", - dedi Anchelotti o'yindan keyingi intervyusida.