Frantsiyalik murabbiy Zayniddin Zidan «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingemni aql bovar qilmas futbolchi deb atadi.
«Bellingem – aql bovar qilmas futbolchi, u aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda. Uning bunday ishlarni amalga oshirishini taxmin qilish mumkin edi. Ammo, unutmang, u endi 20 yoshga to'ldi.
U «Real»ga katta ishtiyoq bilan keldi va ko'p gollar urdi. U marrani juda yuqori qo'ydi. Uni bunday holatda ko'rish ajoyib.
Men uning muxlisiman. U «Real» safida sovrinlar qo'lga kiritishni istayman. Unga tilaklarim shundan iborat», – dedi Zidan.