"Real"da ijara asosida o'ynayotgan "Chelsi" darvozaboni joriy mavsum yakunida ispan klubida qolishni istayotganini aytdi.
"Umid qilamanki, Madridda qolaman. Bu klub Chempionlar ligasi qiroli", - dedi Kepa.
Joriy mavsumda 29 yoshli darvozabon "Real" safida 18 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 18 ta gol o'tkazib yubordi va 7 ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasi posbonini 20 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, bugun, 13 fevral kuni Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o'yinida "Leyptsig" bilan uchrashadi.