"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos 34 yoshida qanday qilib yuqori saviyada qola olgani haqida gapirib berdi.
"Mening sirim? Menda 10 yil avvalgidek hozir ham g'alaba qozonish istagi bor. Agar u yo'qolsa, men bu erda bo'lmayman.
Har uch kunda o'ynay olishim uchun tanamga yaxshi g'amxo'rlik qilaman”, dedi Kroos jurnalistlarga.
Joriy mavsumda germaniyalik yarim himoyachi barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.