Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasiga 2024-yilgi Evropa chempionatida ishtirok etish uchun qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli yarim himoyachi 2021-yildan buyon terma jamoada o'ynamaydi.
"Mening qarorim nimaga bog'liq? Menda bo'lgan muammolarga. Menda juda ko'p qarorlar bor va men hali bir qarorda to'xtalganim yo'q.
Bu mening shaxsiy rejalarimga bog'liq bo'ladi, chunki men faoliyatimni eng yuqori darajada yakunlamoqchiman.
Biz bir yil oldin ham shunday suhbatlashgan edik va men ketish haqidagi qarorimdan hali ham mamnunman”, dedi Kroos matbuot anjumanida.