"Real" hujumchisi Rodrigo so'nggi yillarda yarim himoyachi Luka Modrich unga ko'p yordam berganini tan oldi.
"Men doim aytganman, Luka Modrich menga "Real"da eng ko'p yordam beradi. U har doim qiyin paytlarda menga yordam berdi. Qaysidir ma'noda u otamni almashtirdi. Luka har doim: "Xavotir olma, sen juda yaxshisan, tez orada hammasi yaxshi bo'ladi", - der edi. Bu so'zlardan so'ng o'zimni tinchlantirdim va o'zimni yaxshi his qildim", - deya Rodrigo so'zlarini keltiradi El Pais.
Modrichning "Real" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. 38 yoshli xorvatiyalik yana bir yillik shartnoma imzolashi ehtimoli bor.