Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “RB Leyptsig”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi o'yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Italiyalik mutaxassis Jud Bellingem yo'qligi haqida gapirdi - ingliz futbolchisi La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi so'nggi o'yinda to'pig'idan jarohat olgandi.
"Bellingemning yo'qligi? Braim Dias va Xoselu o'ynagan paytda Judsiz qancha yutganimiz haqida o'ylashimiz kerak.
Albatta, Jud muhim, ammo uning yo'qligi bizga yanada ko'proq motivatsiya beradi. Biz tayyormiz, qat'iymiz", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.