Italiyalik sobiq bosh murabbiy Fabio Kapello joriy Chempionlar ligasi favoritlarini nomladi. Italiyalik mutaxassis "Manchester Siti", "Real" va "PSJ" klublarini alohida qayd etdi.
Kapello, shuningdek, o'tgan yilgi turnir finalchisi - "Inter"ga e'tibor qaratishga chaqirdi.
"Real" va "Manchester Siti" oldinda, "PSJ" bir pog'ona pastroq, "Bavariya" undan ham orqada. Men Italiyadan tashqarida biroz past baholangan "Inter"ga e'tibor qaratgan bo'lardim", - dedi Kapello L’Équipe bilan suhbatda.
Murabbiy, shuningdek, "PSJ" hali dominant jamoa bo'lmasa-da, Luis Enrike shogirdlarida o'yin falsafasi shakllanganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi “Manchester Siti” bo'lib, bugun, 13 fevral kuni 1/8 final dastlabki o'yinida “Kopengagen” bilan uchrashadi. Ushbu o'yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 01:00 ga belgilangan.