Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Barselona" futbolchisi Lamin Yamal va sobiq "ko'k-anorranglilar" futbolchisi Ronaldinoni solishtirdi.
"Yamalning qilgan ishi menga Ronaldinoni eslatadi. Uning fintlari va harakatlari braziliyalik sobiq futbolchiga o'xshaydi. Lamin kelajakda uni klub afsonasiga aylantiradigan ishni qilyapti", - dedi Kasilyas Som I Serem FCB bilan suhbatda.
Lamin "Barselona" akademiyasining tarbiyalanuvchisi. U 2023 yilning yozidan beri asosiy jamoada o'ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi “Barselona” safida 33 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.