Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini klubda davom ettiradi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning RealmadridConfidencial nashri. Manbaning xabar berishicha, ukrainalik darvozabon va "Real" rahbariyati o'rtasida navbatdagi kelishuvga erishilgan.
Tomonlar shartnomani yana uch mavsumga uzaytirishga kelishib oldilar. Manbaga ko'ra, Lunin o'zini jamoada ancha qulay va baxtli his qilmoqda, chunki u "Real"ning asosiy tarkibidan joy olgan. Biroq, u Tibo Kurtua jarohatidan forig' bo'lgach, zaxiraga qaytish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini yaxshi biladi. Ammo endi ukrainalik posbon Anchelotti unga ishonishini biladi, bu esa kelajakni belgilashda muhim jihatdir.
Lunin 2018 yilda "Zarya"dan "Real"ga 8,5 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.