Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos hali klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida bir qarorga kelmaganini aytdi.
Madrid klubining 34 yoshli germaniyalik bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
“Men har doim haqiqatni aytaman va hozir haqiqat shundaki, men bilmayman. Men nima istayotganimni o'ylayapman va hali hech narsaga qaror qilganim yo'q. Odamlar "Real"da yana bir yil qolishimni istashlarini eshitsam, juda xursand bo'laman, lekin hammasi ko'p narsaga bog'liq. Faoliyatimni eng yuqori saviyada yakunlamoqchiman. Hozir men ayni vaqtdan zavqlanyapman. O'ylaymanki, qarorim haqida o'ylash uchun biroz ko'proq vaqt kerak, men xato qilishni xohlamayman", - deya Kroosning so'zlarini keltiradi Goal.
Kroos 2014 yilning iyulidan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. 2023/24 yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.