«Real» Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Leyptsig»ga qarshi dastlabki o'yinni o'tkazish uchun Germaniyaga etib olish jarayonida muammoga duch keldi.
Leyptsig shahridagi aeroport xodimlari ish tashlash qilgani uchun aeroport yopilgandi. Shuning uchun madridliklar delegatsiyasi o'tirgan samolyot Erfurt shahriga qo'nishga majbur bo'ldi.
Jamoa 160 km masofani avtobusda bosib o'tishiga to'g'ri keldi.