"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Marko Roze EChL 1/8 finalining "Real"ga qarshi birinchi o'yini haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, "Los-Blankos" hozir yaxshi formada bo'lishiga qaramay, uning jamoasi ijobiy natijaga erishish niyatida.
"Biz "Real"dan qo'rqmaymiz. Biz bu raqib bilan o'yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz, topshiriqni o'z uy stadionimizda uddalamoqchimiz. Biz o'tgan mavsum va bu mavsum guruh bosqichida ko'p mehnat qildik", - deya Rozening so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.