Markaziy himoyachi Rafa Marin joriy mavsumdan keyin "Alaves"da qolmaydi. Jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko'ra, ispaniyalikning ijara muddati yozda tugagach, futbolchi "Real"ga qaytadi.
Shu bilan birga, manbaning xabar berishicha, "qirollik klubi" rahbariyati Marin bilan kelajakda nima qilish haqida hali qaror qilmagan. Avvalroq, "Real Madrid" Rafani yozda sotishga moyilligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Marin 21 ta o'yin o'tkazdi. Markaziy himoyachiga avvalroq xorij klublari qiziqish bildirayotgandi. Transfermarkt 21 yoshli Rafaning bozor narxini 3 million evroga baholamoqda.