Shanba kuni “Real” o'z maydonida “Jirona”ni 4:0 hisobida mag'lub etdi va Ispaniya chempionatida peshqadamligini mustahkamladi.
Yarim himoyachi Jud Bellingem jarohat oldi, ammo shu paytgacha u dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
Shu kuni chempionshipda "Sanderlend" o'z maydonida "Plimut Argil"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. “Qora mushuklar”ning gollaridan birini Job Bellingem kiritdi.
Jud Bellingem ijtimoiy tarmoqqa ukasi Jobning golni nishonlayotgan suratini joylashtirdi.
Tez orada to'pig'idagi jarohatidan forig' bo'ladigan "Real Madrid" yarim himoyachisi suratga "Dam olish kunlarini yaxshi o'tkaz" deb yozib qoldirdi.