Huquqlari "Real"ga tegishli bo'lgan istiqbolli yarim himoyachi Arda Gyuler yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi. Manbaning xabar berishicha, turkiyalik yarim himoyachining transferiga Evropaning beshta klubi qiziqish bildirmoqda. Guler uchun "PSJ", "Tottenxem", "Arsenal", "Borussiya" va "Bayer" kurashadi.
Eslatib o'tamiz, Arda o'tgan yozda 20 million evro evaziga Istanbulning “Fenerbaxche” klubidan “qirollik” klubiga o'tgan edi.
Biroq jarohatlar tufayli u joriy mavsumda deyarli maydonga tushmadi. Uning Ispaniya chempionatida ikkita to'liqsiz o'yini bor.