Madridning “Atletiko” klubi jamoada Yan Oblak o'rnini egallashi mumkin bo'lgan darvozabonni tanlashga qaror qildi.
Sloveniyalik futbolchi yozda Ispaniya top-klubini tark etishi mumkin, unga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Todofichajes portali jurnalistlarining xabar berishicha, «matraschilar» Oblak o'rniga «Las-Palmas» darvozaboni Alvaro Vallesni taklif qilmoqchi.
Uning transferi uchun tovon puli 15 million evroni tashkil qiladi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Valles “Las-Palmas” safida 24 ta o'yin o'tkazdi.
26 yoshli darvozabon 20 ta gol o'tkazib yubordi va to'qqizta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.