Ispaniya chempionatining 24-turi markaziy uchrashuvida Madridning “Real” klubi o'z maydonida “Jirona”ni qabul qildi.
Uchrashuv 4:0 hisobida "los-blankos"ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Yarim himoyachi Jud Bellingem uchrashuvda ikkita gol urdi va ijtimoiy tarmoqlarda shunday post qo'ydi:
“Hali hech narsa hal qilinmagan. Biz ishlashda davom etamiz”.
"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde ushbu post ostidagi izohi bilan e'tiborga tushdi. U jamoadoshiga hazil qildi: "Uchta oyoq bilan o'ynay imkonsiz".