«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem «Jirona»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olib, maydonni tark etdi. Karlo Anchelotti futbolchining ahvoli haqida ma'lumot berdi.
«Judning to'pig'idan chiqish yuzaga keldi. Tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Umid qilaman, u seshanba kuni maydonga tusha oladi. Ammo u ishtirok eta olmasa, jamoaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan futbolchilar bor», — dedi Anchelotti.