"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Dani Karvaxalning markaziy himoyachidagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Karvaxal o'ng va chap qanotda o'ynash bir xil ekanligini aytdi, shuning uchun men uni chapga qo'ydim, chunki Tchuameni o'ngda o'ynashni afzal ko'radi.
Karvaxal bu pozitsiyada allaqachon 400 ta o'yin o'tkazgandek tuyuldi. Bugun Karvaxalni qoralab bo'lmaydi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan uchrashuvda “Real” o'z maydonida “Jirona”ni mag'lub etdi.