«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Real» bilan muzokaralarda shaxsiy shartnoma borasida hali kelishuvga erishmadi.
Frantsiyalik futbolchi jamoadagi eng ko'p maosh oladigan futbolchi bo'lishni istamoqda. Ya'ni 24 yoshli o'yinchi Jud Bellingem va Vinisius Juniorga nisbatan ko'proq daromad olishni ko'zlamoqda.
Agar madridliklar taklif qiladigan maosh Mbappeni qanoatlantirmasa, futbolchi «PSJ»da qolish variantini o'ylab ko'radi.
Parijliklar esa Kilianga 80 million evro yillik maosh taklif qilishmoqda.